Yangiliklar

👧🧸 Bolajonlar kamoloti — e’tibor markazida!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I. Qodirova “Oʻrikzor” mahallasida joylashgan 24-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, ularning mazmunli hordiq chiqarishi hamda zamonaviy va xavfsiz muhitda voyaga yetishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Kelajak egalari bo‘lgan yosh avlodning baxtli bolaligi va munosib ta’lim olishi — har birimizning ustuvor vazifamizdir. 🌱✨

Slide 1 of 4