Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati tomonidan Mustaqillik MFY hududida bolalar va yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan yoshlar bilan uchrashilib, ular bilan samimiy suhbat tashkil etildi. Muloqot davomida yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi, erishayotgan yutuqlari hamda mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar muhokama qilindi.
Shuningdek, hududda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga keng jalb etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bildirilgan taklif va mulohazalar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi qayd etildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.