Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati B.Botirovning “3-Ogaxiy” saylov okrugida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘jamberdiyev va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman kengashi raisi G‘.Yuldashevlar Shodlik mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamning to‘g‘ri tayinlanishi va to‘lanishini, shuningdek, nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini o‘rgandilar.
O‘rganishlar davomida 2026-yil o‘tgan davri mobaynida mahalla yettiligi va ijtimoiy xodimning ko‘magi bilan jarrohlik amaliyotisiz davolanishga 1 ta, jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplashga 1 ta, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa eng zarur mahsulot xarajatlarini qoplashga 18 ta, uy-joyni ta’mirlashga 1 ta, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogiron shaxslarning yashash sharoitini moslashtirish xarajatlarini qoplashga 1ta, kommunal xarajatlarni qoplashga 1 ta jami 23 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslarga yordamlar ko‘rsatilganligi qayd etildi.
Shuningdek, mahalla ichki ko‘cha va