Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2026-yil 25-may kuni Oltinsoy tumanidagi 39-sonli umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada tashkil etildi.
янв.21
2026-yil 25-may kuni Oltinsoy tumanidagi 44-sonli umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada tashkil etildi.
янв.21
2026-yil 25-may kuni Oltinsoy tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada tashkil etildi.
янв.21
2026-yil 25-may kuni Oltinsoy tumanidagi 47-sonli umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada tashkil etildi.
янв.21
2026-yil 25-may kuni Oltinsoy tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada tashkil etildi.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
2026-yil 25-may kuni Oltinsoy tumanidagi 61-sonli umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada tashkil etildi.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
Marg‘ilonda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab bo‘lgani kabi Marg‘ilon shahridagi umumta’lim muassasalarida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yuqori kayfiyat va tantanali ruhda tashkil etildi. Unda xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari faol ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarni samimiy muborakbod etdilar.

Tadbirlar davomida deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Yosh avlodga kelgusi hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak marralar hamda Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shish tilaklari bildirildi.

Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilarning yillar davomida erishgan yutuqlari, ustozlarning fidokorona mehnati va ota-onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Maktab sahnalarida kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar va dilga yaqin tabriklar yangrab, bayramga yanada fayz bag‘ishladi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” nafaqat bitiruvchilar uchun unutilmas lahza, balki ularning mustaqil hayot sari qo‘yadigan ilk qadami sifatida ham alohida ahamiyat kasb etdi. Tadbir yakunida bitiruvchilarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning kelajakdagi o‘qish va mehnat faoliyatida omad va zafarlar tilandi.

Slide 1 of 9