Yangiliklar

32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!

    Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yunusova hamda 2-Terakzor saylov okrugi deputati H.Anarqulovlar “Boyovut tumani tajribasi” misolida ishlab chiqilgan tuman Kengashining “Yo‘l xarita”sidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan Terakzor MFY hududidagi 32-sonli maktabda olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarini o‘rgandilar.
Hozirgi kunda qurilish-ta’mirlash ishlarining qariyb 70 foizi bajarilgan.
Obyektda 20 nafardan ortiq ishchilar faol mehnat qilmoqda.
Qurilish ishlari belgilangan reja asosida davom etmoqda hamda jarayon doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 4