Yangiliklar

🍽 Umumta’lim maktablarida sog‘lom ovqatlanish tizimi nazoratda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 472-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun sifatli va sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida navbatdagi monitoring ishlari o‘tkazildi.

🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari F.Navruzov, G.Dosova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Royat mahallasida joylashgan 21-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔎 Monitoring davomida oshxona faoliyati, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

✅ Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan nazorat ishlari ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish tizimini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2