Yangiliklar

Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda

#qonunchilikdagi_yangiliklar #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda

🇺🇿 Oliy Majlis Senatining bugungi 15-yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun muhokama qilinib, senatorlar tomonidan ma’qullandi.

🔺 Qonun bilan mahalliy vakillik organlari faoliyatiga qator muhim yangiliklar kiritilmoqda:

✅ Mahalliy Kengashlarda Kengash raisi o‘rinbosari instituti joriy etiladi. U bir vaqtning o‘zida Kengash kotibiyati mudiri vazifasini ham amalga oshiradi.

✅ Kengashlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida Kengash Rayosati tashkil etiladi. Uning tarkibiga Kengash rahbariyati, doimiy komissiyalar va siyosiy partiya guruhlari rahbarlari kiradi.

✅ “Kengash soati” instituti joriy etilmoqda. Endi deputatlar aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan mahalliy davlat organlari va mutasaddilardan tezkor javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

💬 Senatorlar ta’kidlaganidek, ushbu Qonun Prezidentning 2025 yil 23 iyundagi PF–98-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga xizmat qilib, “Kuchli Kengash – hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini amalda qaror toptirishda muhim qadam bo‘ladi.

📝 Qonunning qabul qilinishi:— vakillik nazorati ta’sirchanligini kuchaytirishga,— hududiy muammolarni hal etish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1