Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HOKIM VA DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASINI BAJARILISHI TAHLILI
янв.21
MUROJAAT VA IJRO — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar
янв.21
Oltinsoydagi “Mulloli” ko‘chasi qachon ta’mirlanadi? Deputat aholi muammosini ko‘tarib chiqdi
янв.21
Suv — hayot manbai: “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun nima uchun muhim?
янв.21
Yer — bebaho boylik: “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonun nima uchun muhim?
янв.21
Oltinsoy tumanida Kengash kotibiyati mudiri Sh.Boyqulovning kunlik Ish rejasi asosida "Ekraz" mahallasida nazorat-tahlil tadbirlari davom ettirildi
янв.21
Oltinsoy tumanining "Bo‘ston” hamda "Chep"mahallasida olib borilgan o'rganishlar davomida infratuzilma loyihalarining bajarilish holati o'rganildi
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov aholi bandligini taʼminlash, xonadonlarda daromad manbalarini kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida saylov okrugidagi hududlarda oʻrganish ishlarini olib bordi.

Deputat Yoyilma MFY Anhor boʻyi koʻchasi 49-uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan yoʻlga qoʻyilgan naslli qoʻylar yetishtirish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Oʻrganish jarayonida xonadonda chorvachilikni rivojlantirish, naslli qoʻylarni parvarishlash hamda ushbu faoliyat orqali aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻrib chiqildi.

Oʻrganishda deputatga Ijtimoiy xizmatlar markazi mahalla xodimi hamrohlik qilib, hududdagi oilalarning ijtimoiy holati, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Deputat X.Abdurahmonov aholi tomorqasidan samarali foydalanish, chorvachilikni rivojlantirish va oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish bugungi kunda bandlikni taʼminlashning muhim omillaridan biri ekanini taʼkidladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarning mavjud muammo va takliflari tinglandi.

Slide 1 of 4