Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash_faoliyati

🏛 “O‘rg‘ulsoy” mahallasida boshqaruv tizimi va xodimlar faoliyati tahlil qilindi.

✅ Bandixon tumanida mahalliy Kengash deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom etmoqda.

✅ Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati U. Jumayev “O‘rg‘ulsoy” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari faoliyatini atroflicha o‘rgandi va mavjud tizim samaradorligini tahlil qildi.

✅ Mazkur o‘rganishlar deputatlar faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ijrosi doirasida tashkil etildi.

✅ Tahlil davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

🔹 Mahalla boshqaruv tizimining bugungi holati va samaradorligi;
🔹 Aholi muammolari bilan ishlashda “mahallabay” tizimining natijadorligi;
🔹 Mahalla raisi va profilaktika inspektori faoliyati;
🔹 Ijtimoiy xodimlar faoliyati hamda ehtiyojmand oilalar bilan ishlash sifati.

✅ Uchrashuv yakunida mahalla faollariga ish faoliyatini yanada jonlantirish, murojaatlar bilan tizimli ishlash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3