📌 DEPUTATLIK NAZORATI O‘RNATILDI
👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S. Eshonqulov ishtirokida G‘urjak-2 mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
📋 Mazkur nazorat tadbiri PQ–141-son qarori ijrosini ta’minlash, xususan Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasidagi ishlar holatini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
🏗 Tashrif davomida loyiha doirasida mahalladagi 48-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi hamda qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.