AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT VA XALQ O‘RTASIDAGI OCHIQ MULOQOT
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Karimov Odamboy Davronbek
o'g'li tomonidan Amirqum mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Unda fuqarolarning murojaatlari, ijtimoiy muammolari hamda hududni
rivojlantirishga oid takliflar mahalla yettiligi va ijro hokimiyati organlari
vakillari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Sayyor qabul davomida aholini qiynayotgan masalalarni tizimli hal etish, xalq
manfaatlarini himoya qilish hamda joylarda ochiq va samarali muloqotni
kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat
tomonidan har bir murojaat nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga deputatlik
so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.
Xalq bilan doimiy muloqot, muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy
yechimiga erishish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi ekanligi yana
bir bor namoyon bo‘ldi.