Qishloq xo‘jaligida rivojlanishning yangi bosqichi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-apreldagi PF-68-son Farmoni bilan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining yerga bo‘lgan huquqlari va mustaqilligi yanada mustahkamlanmoqda.
Mazkur farmon orqali:
Fermer va dehqonlarning erkin faoliyat yuritish imkoniyatlari kengaytiriladi;
Yer resurslaridan samarali foydalanish tizimi takomillashtiriladi;
Qishloq xo‘jaligida ochiqlik va adolat tamoyillari kuchaytiriladi.
Natijada ishlab chiqarish samaradorligi oshib, sohada yangi rivojlanish bosqichi boshlanadi.