#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
📍 Chilonzor tumanida ko‘tarilgan muammo deputatlik so‘rovi asosida hal etildi
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati N.K. Xaydarov tomonidan Chilonzor tumani “Bahoriston” mahalla fuqarolar yig‘inidan kelib tushgan murojaat asosida hududdagi obodonlashtirish masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. (https://t.me/poytaxt_deputatlari/15405)
🔎 Mazkur murojaatda Guliston ko‘chasi 21, 22 va 23-uylar atrofida daraxt shoxlari tartibsiz o‘sib ketgani hamda bu holat mahalla aholisining e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etilgan.
📝 Deputatlik so‘roviga muvofiq, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Chilonzor tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan masala joyiga chiqib o‘rganilib, hududdagi daraxtlarga belgilangan tartibda shakl berish ishlari amalga oshirildi.
📌 Natijada murojaatda ko‘tarilgan muammo bartaraf etildi.
🗣 Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.
(https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)