Kogon shahrida Madaniyat markazi faoliyatiga jiddiy e’tibor qaratildi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar Madaniyat markazida bo‘lib, uning bugungi faoliyatini bevosita o‘rgandi.
Tashrif davomida markazda tashkil etilgan to‘garaklar, madaniy tadbirlar sifati, yoshlarning qamrovi va ijodiy muhit alohida ko‘zdan kechirildi. Faoliyatda erishilgan ijobiy natijalar e’tirof etilgan holda, ayrim yo‘nalishlarda ishlarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Xususan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni san’at va madaniyatga kengroq jalb etish, zamonaviy va qiziqarli loyihalarni yo‘lga qo‘yish muhim vazifa sifatida belgilandi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, tashabbuskorlikni oshirish va ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.
Mazkur tashrif Madaniyat markazi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati