Yangiliklar

KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-23-38-12-177-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Kengash kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda 12-Arbob saylov okrugidan saylangan deputat M. Nurjanova tomonidan tumandagi I-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

🏠 Xonadon devorlari va tomlarini issiqlik izolyatsiya qilish holati;

🪟 Energiya tejamkor deraza va eshiklar o‘rnatilishi;

☀️ Quyosh panellari va geliokollektorlarning montaj qilinishi.

Ushbu ijtimoiy loyiha ehtiyojmand xonadonlarning kommunal xarajatlarini kamaytirish bilan birga, ularning yashash sharoitlarini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha ishlar sifatini nazorat qilish va muddatida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4