Tashrif davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, hududdagi obodonlashtirish ishlari hamda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔵Tashrif yakunida mahallada olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, aholi muammolarini tizimli hal etish, fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.