Yangiliklar

“Biz yer himoyachilarimiz” ekologik tadbiri

🌍 Kuni kecha xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "Oʻzbekiston Ekologik partiyasi"dan saylangan deputatlari Abdullayeva Kimyo Adilovna hamda Djalolov Sanjar Gayratovich tumandagi 252-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, “Biz yer himoyachilarimiz” nomli ekologiya yo‘nalishidagi mashg‘ulot jarayonini kuzatdilar.

 🌿 Mazkur mashg‘ulot davomida tarbiyalanuvchilarga atrof-muhitni asrash, tabiatga mehr-muhabbat va ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan tushunchalar berildi. Deputatlar yosh avlodning ekologik ongini rivojlantirishga qaratilgan bunday tashabbuslarning ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

 ↗️ Mashg‘ulot yakunida faol ishtirok etgan tarbiyalanuvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi hamda ularning tarbiyasiga munosib hissa qo‘shayotgan ota-onalarga tashakkurnomalar taqdim etildi. Bu kabi tadbirlar yoshlar qalbida tabiatga e’tibor va mas’uliyat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7