Jalaquduq tuman Kengashi deputati tomonidan Guliston MFYda istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida 3 ta xonadonning elektr simlari tomdan-tomga noqonuniy va xavfli holatda o‘tkazilgani aniqlandi. Mazkur holat xavfsizlik talablariga javob bermasligi bilan birga, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan: hududga qo‘shimcha 1 ta elektr ustuni (stolba) o‘rnatish, elektr ta’minotini xavfsiz va me’yoriy holatga keltirish yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.