Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati N.Masharipova tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muntazam ravishda e’tibor qaratib kelmoqda.
Aholi tomonidan yuborilayotgan murojaatlar qonunda belgilangan normalarga muvofiq, tegishli idora va tashkilotlar, shahar hokimligi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilmoqda. Natijada ko‘plab aholi vakillarini qiynab kelayotgan muammolar o‘z yechimini topmoqda.
Xususan, deputat N.Masharipova o‘zi saylangan “Gulzor” mahallasi, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 51A-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Hayitboy Atajanov xonadonida bo‘ldi. Murojaatchi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, uni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi.
Uchrashuv davomida fuqaroning murojaati tinglanib, masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Xususan, ko‘tarilgan muammoni bartaraf etish uchun mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi rejalashtirildi.