Jo‘lanagar mahallasida tungi yoritish tizimini yaxshilash ishlari davom etmoqda.
Jo‘lanagar mahallasi ko‘chalarida tungi yoritish chiroqlarining holati atroflicha o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda qo‘shimcha yoritish tizimini kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
💡 Xususan, 6-Jo‘lanagar saylov okrugi deputati Yarlakabov Umurzoq Muratovich tashabbusi bilan mahalla hududida qo‘shimcha zamonaviy ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish ishlari tashkil etilmoqda va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
🤝 Mazkur ishlar aholi uchun kechki va tungi vaqtlarda xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish, mahalla infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda hududning obodonlashtirilishini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.