Yangiliklar

BOLALAR KELAJAGI UCHUN MUHIM QADAM: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA QURILISH ISHLARI NAZORATDA

 BOLALAR KELAJAGI UCHUN MUHIM QADAM: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA
QURILISH ISHLARI NAZORATDA
 

  

🔹
Farg‘ona tuman Kengashi deputati Feruza Omonova tomonidan Farg‘ona tuman Kengashi
qarori ijrosi yuzasidan Yangi yo‘l MFY hududida joylashgan 19-sonli maktabgacha
ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha bino qurish ishlari bo‘yicha joyiga chiqqan holda
nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
 

🔹
O‘rganish davomida qo‘shimcha bino qurilishi belgilangan reja asosida jadal sur’atlarda
olib borilayotgani, qurilish ishlarida sifat va muddat talablariga alohida e’tibor
qaratilayotgani qayd etildi.
 

🔹
Ta’kidlandiki, mazkur loyiha amalga oshirilishi orqali maktabgacha ta’lim muassasasida
qo‘shimcha o‘rinlar yaratilib, bolalarni qamrov darajasi oshishiga xizmat qiladi.
 

🔹
Nazorat tadbiri yakunida mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda
va sifatli tarzda yakunlash, shuningdek, barcha texnik talablarga qat’iy rioya etish
yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
 

   

Slide 1 of 4