DEPUTAT VA XALQ: MUAMMOLARGA AMALIY YECHIM
Aholi holidan xabar olish, uyma-uy yurib ijtimoiy
muammolarni o‘rganish ishlari muntazam olib borilmoqda.
14-Mingtepa saylov okrugi) deputati B.Abduraxmonov
(«Adolat» SDP a’zosi) o‘zi saylangan hududdagi fuqarolar muammolarini
o‘rganishda davom etmoqda.
Manzil:
“Mingtepa” MFY, Terakzor ko‘chasi.
Deputat ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro
Nazira Axmedova xonadonida bo‘lib, uning yashash sharoiti va ijtimoiy holatini
o‘rgandi.
Amalga oshirilgan ishlar:
Ijtimoiy ko‘mak: 2-guruh nogironi bo‘lgan
N.Axmedovaning holidan xabar olindi.
Bandlik masalasi: Muloqot davomida fuqaroning qizi
ishsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Deputatning sa’y-harakati bilan uning qizi
doimiy ish bilan ta’minlandi.
Yechim: Ko‘tarilgan boshqa muammolar yuzasidan
tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar belgilandi.
"Xalq roziligi — faoliyatimizning bosh mezoni.
Har bir xonadonga kirib, odamlarning dardini eshitish bizning asosiy
vazifamizdir," — deydi deputat B.Abduraxmonov.
Xalq bilan muloqot va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
ishlari tizimli ravishda davom ettiriladi.
Telegram
(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/