Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🗂 Sherobod tumanida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti vakillari hamkorligida tuman IIB Migratsiya va Personalashtirish bo‘limida fuqarolarning murojaatlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish jarayonida fuqarolarning murojaatlari, ularning huquqiy masalalari hamda amaldagi tartiblar bilan bog‘liq holatlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, murojaatlarni o‘z vaqtida va qonunchilikka muvofiq hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 741-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan aholiga bepul, tezkor va sifatli yuridik yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Slide 1 of 4