Yangiliklar

Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi

Yoshlik mahallasi, K. Otaniyozov ko‘chasi 7/5-uy, 4-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Madaminova Muyassar Bekchanova o‘z nabirasi uchun nogironlik aravachasi zarurligi yuzasidan murojaat bilan chiqqan edi. Ushbu murojaat xalq vakili, deputat S. Allayorov tomonidan o‘rganib chiqildi va ijobiy hal etildi.

Natijada, ehtiyojmand oilaga zarur bo‘lgan nogironlik aravachasi topshirilib, nabiraning harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratib berildi. Bu esa oilaning kundalik hayotidagi qiyinchiliklarni yengillashtirishga xizmat qiladi.

Deputat tomonidan bildirilgan bunday amaliy yordam fuqarolarning ijtimoiy muammolariga befarq emaslik va ularga ko‘mak berish yo‘lidagi ishlarning davom etayotganidan dalolat beradi. 

Slide 1 of 2