Mazkur o‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, asosiy e’tibor aholining kundalik turmush sharoitini yaxshilashga qaratildi.
💬O‘rganish markazida quyidagilar bo‘ldi:
🔅Ko‘p qavatli uylar holati: Uylarning kirish yo‘laklari (pod’yezdlar), yerto‘lalarining texnik holati hamda boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.
🔅Ichki yo‘llar holati: Mahalladagi ichki ko‘chalarning holati, asfalt qoplamasi va aholi harakati uchun yaratilgan qulayliklar o‘rganildi. Ta’mirtalab hududlar aniqlanib, ularni tartibga keltirish masalalari muhokama qilindi.
✔️Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul boshqaruv servis kompaniyalari hamda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarilishi belgilab olindi.
💬"Deputatlik nazoratining maqsadi — muammolarni shunchaki aniqlash emas, balki ularni tizimli hal etish orqali xalqimizning og‘irini yengil qilishdir," — deya ta’kidladi deputat G.Abramatova.