Deputatlik so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan "M.Eshtemirov" hududida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq jiddiy muammolar aniqlandi.
Muammolar manzili:
O‘zbekiston ko‘chasi: Bu yerdagi suv minorasi (bashnya) nosozligi sababli suv muntazam sizib chiqmoqda, inshoot yemirilmoqda.
19-sonli MTT: Muassasa hududidan o‘tuvchi asosiy quvur yorilgan, natijada suv isrof bo‘lib, sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mazkur holatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Nosozliklarni qisqa muddatda bartaraf etish va ta’mirlash ishlari deputatning qat’iy nazoratiga olindi.