❗️ 231-maktab tashabbusi bilan katta sinf o‘quvchilari uchun Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati U. Muxammadiyev bilan “Qonunni buzma – kelajagingni asra” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
🔰 Tadbirda yoshlar o‘rtasida huquqiy ongni oshirish, qonunga hurmat va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o'quvchilarga “Madad” NNT faoliyati bilan tanishtirildi.
Deputat tomonidan qonunga rioya qilish va to‘g‘ri yo‘l tanlash yoshlar kelajagi uchun muhim omil ekani ta’kidlandi.
✅ Uchrashuvda o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘z savollariga javob oldilar.
📍 Bunday tadbirlar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.