⚡️ Bog‘ishamol mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
Yillar davomida aholini qiynab kelgan past kuchlanish va tez-tez sodir bo‘ladigan uzilishlar muammosi o‘z yechimini topdi.
✅ Xalq deputatlari Kengashi deputati F.Anorboyevning sa’y-harakati va bevosita tashabbusi bilan "Bog‘ishamol" MFY hududidagi eskirgan transformatorlar to‘liq ta’mirlandi va modernizatsiya qilindi.
🏗 Amalga oshirilgan ishlar:
— Yuklamani ko‘tara olmayotgan eski qurilmalar yangilandi;
— Elektr tarmoqlari ko‘zdan kechirilib, nosozliklar bartaraf etildi;
— Endilikda mahalla aholisi xonadonlarida chiroq barqaror yonadi.
💡 Deputatlar xalq dardiga quloq tutganda, muammolar tez va sifatli hal etiladi.
📌 Maqsad: Aholi farovonligini oshirish va xalqning roziligiga erishish!