Uchrashuvda jamiyat hayotida keksalar tutgan o‘rin, ularning boy hayotiy tajribasi hamda yoshlar tarbiyasidagi beqiyos hissasi alohida ta’kidlandi. Senator o‘z nutqida bugungi kunda avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, keksalar tajribasini yosh avlodga yetkazish dolzarb vazifalardan biri ekanini qayd etdi.
Shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Z.Mamadaliyev ham so‘z olib, “Biz, keksa avlod vakillari, yoshlar uchun ibrat bo‘lishimiz, ularga hayot va mehnat tajribamizni o‘rgatishimiz zarur. Chunki jamiyat taraqqiyoti — tajriba va yangilanish uyg‘unligiga bog‘liq”, —deya ta’kidlandi.