Tashrif davomida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayoni, ularning bilim olishiga yaratilgan imkoniyatlar hamda maktab-internat infratuzilmasi holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda o‘z mulohazalarini bildirishdi.
Ta’lim sifatini yanada oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga munosib sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday amaliy tashriflar ta’lim tizimidagi mavjud sharoitlarni o‘rganish va ularni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.