Yangiliklar

📢 Hurmatli Olmazor tumani aholisi!

📢 Hurmatli Olmazor tumani aholisi!

🗓 21-aprel kuni Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati, XDP partiyasidan saylangan deputat P. Ziyo tashabbusi bilan Olmazor tumanidagi 17-sonli Oilaviy poliklinikada aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida onkologik kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilmoqda.

👩‍⚕️👨‍⚕️ Mazkur tibbiy ko‘rik davomida mutaxassis shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tish, zarur tavsiyalar olish hamda kasalliklarni erta aniqlash imkoniyati yaratiladi.

📍 Barcha Olmazor tumani aholisini ushbu muhim tibbiy ko‘rikda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

💚 Salomatligingizga befarq bo‘lmang!

Slide 1 of 1