Yangiliklar

DEPUTAT O‘RGANISHLARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati Asqar Sultanov “Olmabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ichki infratuzilma va obodonlashtirish ishlarining holatini o‘rgandi. Shuningdek, o‘rganish jarayoni davomida mahalladagi ko‘p qavatli uylarning bugungi holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. 

O‘rganishlar natijasida hududda maishiy chiqindilarning to‘planib qolgani, daraxt shox-shabbalarining tartibsiz kesilib, belgilanmagan joylarga tashlangani aniqlandi. Mazkur holatlar hududning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi barobarida, aholi uchun ham qator noqulayliklar tug‘dirishi qayd etildi. 

Hozirda aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.  

Slide 1 of 1