Yangiliklar

#sorov_ijrosi ➕ Deputat so‘roviga javob: 14-son oilaviy poliklinika qurilishi bo‘yicha ishlar davom etmoqda

👨‍💼 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Rabbimov Aziz Usmonovichning 14-son oilaviy poliklinika binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha yuborgan deputat so‘roviga javob xati taqdim etildi.

📝 Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qaroriga muvofiq mavjud 50 qatnovli bino o‘rniga yangi 50 qatnovli, 1-tip oilaviy poliklinika talablari asosidagi zamonaviy bino qurilishi rejalashtirilgan.

🏗 2026-yil I choragi davomida:

🔹 loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi va ekspertizadan o‘tkazildi;

🔹 qurilish maydoni tayyorlandi;

🔹 eski binoning zarur qismi demontaj qilindi;

🔹 qurilish ishlari boshlandi;

🔹 poydevor va asosiy konstruktiv ishlarning bir qismi bajarildi.

📊 Hozirgi kunda obyektda qurilish ishlari belgilangan jadval asosida davom etmoqda. Loyihaning bajarilish darajasi 75 foizga yetgan bo‘lib, obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

✅ Mazkur loyiha yakunlangach, hudud aholisi uchun yanada qulay va zamonaviy birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoiti yaratiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1