📌 Muammo nimada? "Ovchi" mahallasi aholisining murojaatiga ko‘ra, hududdagi elektr tarmoqlari va simyog‘ochlar eskirib, yaroqsiz holga kelgan. Yillar davomida chirigan yog‘och ustunlar kuchli shamol va yomg‘irli kunlarda aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Shuningdek, tarmoqdagi nosozliklar sababli elektr ta’minotida tez-tez uzilishlar kuzatilmoqda.
📩 So‘rov maqsadi: Deputat o‘z so‘rovida aholi xavfsizligini ta’minlash va elektr tarmog‘i barqarorligini oshirish maqsadida ushbu hududga zamonaviy beton ustunlar o‘rnatish choralarini ko‘rishni so‘ragan.
Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmatda!
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati