Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oltinsoy tumani “Guliston” mahallasida hokim va deputatlar hamkorligida sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI BAJARILISHI TAHLILI
янв.21
Gulobod mahallasida yangi ko‘prik ishga tushirildi
янв.21
Senator Oltinsoy tumanida Kengash kotibiyati faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Oltinsoy tumanida limonchilikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlashga qaratilgan issiqxona loyihasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2025-yil 18-sentabrdagi VII-15-97-9-123-K/25-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Olmazor” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari Kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova, bosh mutaxassis Avazbek Sharopov hamda tuman Moliya bo‘limi rahbari o‘rinbosari Farruh Xudoynazarovlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur loyiha 2025-yil 2-mavsumida “Ochiq budjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan tashabbuslardan biri hisoblanadi. Unga ko‘ra, hududda usti yopiq futbol va voleybol maydonini barpo etish uchun 1 450 000 000 so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, loyiha ijrosi alohida nazoratga olingan.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, 2025-yil 20-yanvar kuni tuzilgan shartnomada belgilangan tartibga muvofiq 208 mln so‘m mablag‘ “BARAKA QURILISH SERVIS” MCHJ hisob raqamiga avans to‘lovlari o‘tkazilgan. Biroq, quruvchi tashkilot tomonidan ishlar yetarli darajada jadallashtirilmaganligi, qurilish jarayonlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani sababli belgilangan ishlar to‘liq amalga oshirilmay, jarayonlar sekinlashgani kuzatildi.

Slide 1 of 8