Yig‘ilish kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–186-son qarori ijrosini ta’minlash masalasi kiritildi.
Mazkur masala yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasining hisoboti tinglandi. Hisobotda bolalar onkologik kasalliklarini erta aniqlash, davolash sifatini oshirish, profilaktika tadbirlarini kengaytirish hamda tizimdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Muhokamalar yakunida tegishli doimiy komissiya tomonidan qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati