Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI ISHLAR TAHLILI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI
янв.21
SESSIYA OLDI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHIM MASALALAR KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
📢 E’LON 📢
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI YANGI BOG‘CHA — KELAJAK POYDEVORI!
янв.21
Oltinsoy tumanida zamonaviy “Eco Bozor” savdo majmuasi ish boshladi
янв.21
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi huzuridagi Xalqparvar komissiyasi tomonidan tumandagi qurilish obyektlari o‘rganildi.
янв.21
Surxondaryo viloyatida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining III qo‘shma Plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya viloyat Kengashi raisi Sadulla Abduraimov tomonidan 2025-yil yakunlari yuzasidan batafsil ma’ruza qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Narmuratov Abdunazar Jurayevichdan navbatdagi deputatlik so‘rovi
Doimiy komissiyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha joylarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “2025-2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-186-sonli qarorida belgilab berilgan topshiriqlarning tumandagi ijrosi yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish tartibida nazorat-taxlil tadbirlarini o‘tkazdilar.

O‘rganish davomida PQ-186-sonli Qaror bilan belgilangan maqsad va ustuvor vazifalarga erishish uchun tibbiyot muassasida bolalar saratoni belgilarini aniqlash uchun yaratilgan sharoitlar, saraton kasalligiga chalingan bolalarni to'liq ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan qamrab olinishi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlanish holati hamda kerakli dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlanishi jarayonlariga e’tibor qilindi.

Tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari tomonidan doimiy ravishda standart asosida ro‘yxatdagi bemor bolalar tegishli dori vositalari bilan ta’minlanib kelinmoqda.

Shuningdek, TTBa“Global” platforma loyihasi doirasida bemor bolalarni davolash, ular uchuvn zarur dori vositalarni rejalashtirish, qabul qilish, saqlash va taqsimlash tartibini nazorat qiluvchi ishchi guruh tuzilgan.

O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi ma’sul rahbarlariga ushbu kasalliklarni erta aniqlash va tashxis qo‘yish samaradorligini oshirish, shuningdek, bemorning yo‘naltirilishini nazorat qilish uchun tibbiyot xodimlarining bolalar bilan ishlash jarayonlari yanada yaxshilanishi bo‘yicha tavsif va takliflar berildi

Slide 1 of 4