Mazkur yig‘ilishda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Kravchenya ishtirok etib, soha xodimlari bilan muloqot qildi.
💬Yig‘ilishning asosiy mavzulari:
🔅Kadastr xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish;
🔅Sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali inson omilini kamaytirish;
🔅Xodimlarning huquqiy savodxonligi va odob-axloq qoidalariga rioya etishini kuchaytirish.
💬Tadbir davomida deputat G.Kravchenya so‘zga chiqib, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi nafaqat soha obro‘siga, balki davlatimiz rivojiga to‘siq bo‘lishini ta’kidladi.
💬Shuningdek, ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi yangi qonunchilik hujjatlari va javobgarlik choralari haqida batafsil tushunchalar berildi.
🫥Yig‘ilish yakunida sohadagi ish jarayonlarini yanada soddalashtirish va korrupsiya xavfi mavjud nuqtalarni nazoratga olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.