Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI: MUAMMO VA YECHIM
янв.21
📢 Maktablar oldida xavfsiz harakatlanishni ta’minlash maqsadida? Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
MUROJAAT VA IJRO
янв.21
HISOBOT VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi H A F T A  D A Y J E S T I
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 17-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XVII SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 17-SESSIYASI TO‘G‘RISIDA
янв.21
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi to‘g‘risida
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
#jarayon

Deputatlar tomonidan mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Tuman Kengashi deputatlari N.Xaitqulov, K.Djumanazarova hamda kotibiyati mudiri B.Baxovadinovlar tomonidan hududdagi Arg‘in-sada mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, profilaktik tadbirlar hamda xodimlarning xizmat intizomiga rioya etishi tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-209-son qaror ijrosi doirasida belgilangan vazifalarning mahalla darajasida bajarilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan manzilli ishlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar muammolarini hal etish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Deputatlar tomonidan fuqarolar yig‘ini binosida ish hujjatlari, murojaatlar daftarining yuritilishi, qabul kunlari va ularning samaradorligi o‘rganildi. 

✅️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1