Xalq deputatlari tuman Kengashining 6-Isvaxon saylov okrugidan saylangan deputati M. To‘raboyeva tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida hududdagi muhim masala ijobiy hal etildi.
Maktab o‘quvchilarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘quvchilar qatnovi yuqori bo‘lgan hududga ko‘chma svetofor o‘rnatildi. Ushbu masala avvaldan aholi, ayniqsa ota-onalar tomonidan ko‘tarilib kelinayotgan dolzarb muammolardan biri edi.
Deputatlik so‘rovi natijasida tegishli tashkilotlar tomonidan masala o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rildi. Natijada o‘quvchilar uchun yo‘lni xavfsiz kesib o‘tish imkoniyati yaratildi hamda transport vositalari harakati tartibga solindi.
Mazkur ishlar fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning manfaatlarini himoya qilish borasidagi samarali faoliyat natijasidir.