SESSIYA QARORINING IJROSI O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi tomonidan 2026 yil 27 mart kuni qabul qilingan tumanda ijtimoiy reestrdagi I guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalarning uy-joylarini ta’mirlash ishlarini tashkil etishga mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.
Qaror asosida Sarichungil QFY hududida amalga oshirilayotgan ishlar ushbu okrugdan tumanlik Kengashga Adolat SDPdan deputat G.Bazarbayeva tomonidan o‘rganildi.
Fuqarolar davlatimiz tomonidan ularga berilgan e’tibor va ko‘maklardan minnatdor ekanliklarini ta’kidladi.