Yangiliklar

Dastur ijrosi deputat nazoratida

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi qarori asosida amalga oshirilmoqda. Hozirda mahallada ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, yaqin kunlarda ko‘plab xonadonlar toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Loyiha doirasida ichimlik suvi quvurlarini tortish, yangi nasos stansiyalarini o‘rnatish hamda mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlari rejalashtirilgan.

Deputat N.Raxmanova pudratchi tashkilot mas’ullari bilan batafsil muhokama qilib, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda aholining taklif va murojaatlarini inobatga olish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Mazkur loyiha hududda yashovchi aholining turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3