Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-Boʻston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich oʻzi saylangan okrugdagi “Boʻston” mahallasidagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holatini oʻrgandi. Jarayonda deputat va soliq inspektori bevosita tadbirkorlik sub’yektlarida boʻlib, tadbirkorlik sub’yektlari vakillariga soliq islohotlari, soliq majburiyatlari
yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Targ‘ibot tadbiri davomida tadbirkorlar soliq sohasidagi eng so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lishi bilan bir qatorda soha mutaxassislaridan kelgusi faoliyatlari uchun foydali
maslahatlar olishdi, o‘z takliflarini bildirishdi.