Yangiliklar

O'rganish

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova, tuman Kengashi deputati A.Hayrullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uylar lifti holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida 64-uydan 72-uygacha bo‘lgan jami 9 ta ko‘p kvartirali uydagi liftlar holati ko‘zdan kechirildi.

7 ta uyda liftlar yangisiga almashtirilgan;

Shundan 2 ta uyda liftlar to‘liq ishga tushirilgan;

5 ta uyda esa montaj ishlari davom etmoqda;

Qolgan 2 ta uyda liftlar kapital ta’mirlanmoqda.

Mazkur ishlar aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, xavfsizlik va qulaylikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, jarayonlar mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazorat ostiga olingan.

Slide 1 of 5