#24_yonalish
#Deputat_faoliyati
Deputat tomonidan mahalladagi ishlar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Musurmanov Birlashuv mahallasida mahalla raisi hamda hokim yordamchisining faoliyatini o‘rgandi va tahlil qildi.
Xususan, mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasining “Aholini bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kambag‘allikni qisqartirishga oid qarorlari talablari asosida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Tahlil davomida ayrim kamchiliklar ham aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)