#Sessiya_qarori
6-Farovon saylov okrugida joylashgan amfiteatrga muxlislar uchun yangi o'rindiqlar o'rnatilishi belgilandi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-martdagi VII-23-23-7-100-K/26-sonli qaroriga muvofiq, tuman markazida joylashgan amfiteatrda muxlislar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqlar yaroqsiz holatga kelib qolganligi sababli ularni yangilash maqsadida 117 800 000 (bir yuz o‘n yetti million sakkiz yuz ming) so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Mazkur qaror ijrosi natijasida amfiteatr hududida aholi va muxlislar uchun qulay, xavfsiz hamda zamonaviy shart-sharoitlar yaratiladi, madaniy va ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish imkoniyatlari kengaytiriladi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)