Bugun haftalik ish rejasi doirasida Doimiy komissiyalarning navbatdagi muhokamalari bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri — ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi atroflicha tahlil etildi.
Xususan, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ro‘yxatga olingan 22 ta kam ta’minlangan oilaga energiya tejamkorlik texnologiyalarini joriy etish uchun “Ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan 1 mlrd 329 mln so‘m mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.
Komissiya a’zolari tomonidan ushbu mablag‘larning manzilli va samarali sarflanishini ta’minlash maqsadida:
1. Deputatlik nazorati: Dastlab deputatlar tomonidan mazkur oilalarning ehtiyojmandlik darajasi belgilangan mezonlar asosida joyiga chiqqan holda o‘rganiladi.
2. Yakuniy qaror: O‘rganish natijalari ijobiy deb topilgach, ushbu masala xalq deputatlari Kengashi sessiyasi kun tartibiga muhokama uchun kiritiladi.