2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova, Alisher Navoiy MFY raisi N.Hotamova bilan hamkorlikda o’z saylov okrugi hududida tozalik va obodlikni ta’minlash, aholi uchun sog’lom va qulay muhit yaratish maqsadida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda sanitariya holatini yaxshilash masalalari doimiy nazoratga olingan.
Shu maqsadda hududdagi kommunal xizmatlar faoliyati o‘rganilib, chiqindilarni yig’ish va olib chiqish ishlarining tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratdi.
Amalga oshirilayotgan ishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi bilan yuborish belgilab olindi.
Shuningdek, hududlarda sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhit tozaligini ta’minlash hamda aholining ekologik madaniyatini oshirish borasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ishlarini olib borish ta’kidlandi.