Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#24_ta_masala Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda kotibiyat mutaxassisi M.Saimnazarov ishtirokida 2-Nizomiy saylov okrugidagi G‘ofur G‘ulom mahallasida hokim yordamchisi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, hokim yordamchisi Abduvoxidov Jamshid tomonidan joriy yilda 8 nafar fuqaroga o‘z-o‘zini band qilishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 120 mln so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Shuningdek, mikroloyihalar asosida 6 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.

Shu bilan birga, mahallada kambag‘allik darajasi 11 foizni tashkil etib, tumanning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqoriligi, shuningdek, ishsizlik darajasi ham yuqori ekanligi qayd etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3