Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 E’LON 📢
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI YANGI BOG‘CHA — KELAJAK POYDEVORI!
янв.21
Oltinsoy tumanida zamonaviy “Eco Bozor” savdo majmuasi ish boshladi
янв.21
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi huzuridagi Xalqparvar komissiyasi tomonidan tumandagi qurilish obyektlari o‘rganildi.
янв.21
Surxondaryo viloyatida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining III qo‘shma Plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya viloyat Kengashi raisi Sadulla Abduraimov tomonidan 2025-yil yakunlari yuzasidan batafsil ma’ruza qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Narmuratov Abdunazar Jurayevichdan navbatdagi deputatlik so‘rovi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Oltinsoy tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
Oltinsoy tumani Kengashining haftalik ish rejasi tahlil
янв.21
Doimiy komissiya va Yoshlar maslahat guruhi
Beshyog‘och mahallasi Furqat ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Fayzullayeva Malika Yarkunovna tashabbusi bilan Beshyog‘och mahallasi hududida navbatdagi amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

Unda mahalla raisi Qambarov hamda ichki ishlar organlaridan biriktirilgan mas’ullar ishtirok etdi.

 O‘rganish jarayonida Furqat ko‘chasida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining sifati, muddatlari va aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Joyida:

— ishlar sifatini ta’minlash

— belgilangan muddatlarga rioya etish

— qurilish va ta’mirlash jarayonlarini samarali tashkil etish

yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

 Deputat tomonidan mazkur hududda olib borilayotgan ishlar doimiy nazoratda ekani ta’kidlanib, ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Bunday amaliy nazorat va yondashuvlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3